Bishkekda Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini qurish loyihasi ko‘rib chiqildi

    Transport 18 Iyun 2020 2136

    “Dunyo” AA muxbiri xabar berishicha, kecha Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov temir yo‘l sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish chog‘ida mamlakatning transport sohasidagi eng yirik va strategik loyihalaridan biri bu Xitoy–Qirg'iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi boshlanishidir, deya ta'kidlab o'tdi.

    "Kabar" Qirg‘iz Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tashqi ishlar, trasport va yo‘llar vazirliklari rahbarlari, shuningdek, “Qirg‘iz temir yo‘llari” kompaniyasining rahbarlari ishtirok etdi.

    Uchrashuvda temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ma'lumot berildi, xususan, Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘laydigan temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi.

    Qirg‘iziston rahbari uchrashuvning e'tiborini mamlakatning temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishni jadallashtirish zarurligiga va temir yo‘l transporti orqali yo‘lovchi va yuk tashish sohasida raqamli tashabbuslarni amaoga oshirishni davom ettirishga qaratdi, deb yozadi “Kabar”.

    Mutaxassislar bir necha bor ta'kidladilarki, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l liniyasi ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yo‘l bilan Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog‘laydi. Mavjud yo‘nalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqartiriladi. Ushbu loyihaning istiqbollari allaqachon ochilgan Qashqar-Erkeshtam-O‘sh-Andijon–Toshkent avtomobil yo‘lagi orqali namoyish etilmoqda, bu Markaziy osiyodan avtomobil trasporti vositalarining Xitoyga tezroq kirishiga imkon berdi.