Jazirama issiqda poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi

    Transport 16 Iyun 2025 859

    Tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlar harakat jadvalida berilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni kunlarda Respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat koʻtarilishi natijasida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Shu bois, yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi.

    Harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.