Sahnalashtirilgan konsert dasturida viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi, viloyat filormoniya boʻlinmasi sanʼatkorlari, namunali maqom ansambli, baxshilar, folklor-etnografik jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning chiqishlari shaharliklar va shahar mehmonlariga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.

Taʼkidlash jozi, “Madaniyat oyligi” doirasida bu kabi madaniy kechalar hafta davomida shahar va tumanlar markazlaridagi xiyobonlarda, ochiq maydonlarda oʻtkazib boriladi.