Tekshiruv punkti bir kun avval ochilgan. U orqali allaqachon 150 dan ortiq odam o'tgan. Ular orasida Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniya fuqarolari bor. Navbatda rossiyaliklar turibdi – ular endi ruxsat berilishini kutmoqda, dedi elchixona. G'azodan yaradorlarni olib ketayotgan tez yordam mashinalari chegaradan o'tishda davom etmoqda. Shuningdek, “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkilotining 22 nafar xodimi ketishga muvaffaq bo'ldi. Rafah nazorat-o'tkazish punktida asosan ikki fuqarolikka ega bo'lganlar va anklavga mehmon sifatida kelganlar yig'ilgan.
Shuningdek, BAA ming nafar falastinlik bolani davolanishga qabul qilishi ma'lum bo'ldi. Shaxsan mamlakat prezidenti topshiriq berdi. Har bir odam qarindoshlari hamrohligida davlat tibbiyot muassasalarida reabilitatsiyadan o'tadi, deb xabar beradi mir24.tv.