Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat boʻlib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar, Bahraynni oʻz ichiga oladi.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan “!Atrof-muhitni muhofaza qilish va ʼyashilʼ iqtisodiyot yili” dasturi, “Yashil makon” milliy loyihasi va “Markaziy Osiyo Yashil kamar” daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.
Rezolyutsiya 2027–2036-yillarni Oʻrmonzorlashtirish va Oʻrmon tiklash Harakatlar Dekadasi deb eʼlon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarni tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishga tavsiya etadi.