BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sun'iy intellekt uchun 3 milliard dollarlik global fond tuzishni taklif qildi.

“Men rivojlanayotgan mamlakatlarda bazaviy salohiyatni o'stirish, ko'nikmalar va ma'lumotlarni to'plashni rivojlantirish, hisoblash texnologiyalariga kirishni ta'minlash va inklyuziv tizimlarni yaratish uchun sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha global fond tuzishga chaqiraman. Bizning maqsadimiz 3 milliard dollar”, dedi u Nyu-Dehlida sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha konferensiyada nutq so'zlab.

Guterrish sun'iy intellekt inson salohiyatini oshirishi, biroq uning o'rnini bosishi kerak emasligini va texnologiya hamma uchun xavfsiz bo'lishi kerakligini ta'kidladi, deb xabar berdi tass.ru.