BMT Isroilning Livandagi fuqarolik infratuzilmalariga zarba berganini tasdiqladi

    Isroil Livanning turli hududlarida fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishda davom etmoqda, dedi BMTning Livan bo'yicha maxsus koordinatori Janin Xennis-Plassxart.

    “Ushbu hujumlar butun Livan bo'ylab aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishonga olingan avvalgi voqealarning davomidir”, deya Xennis-Plassxart so'zlaridan iqtibos keltiradi BMT idorasi matbuot xizmati.

    Maxsus koordinator xalqaro gumanitar huquqning buzilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ta'kidladi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Tinch aholi va infratuzilma har qanday sharoitda himoya qilinishi kerak”, deya qo'shimcha qildi u.