Kecha futbol boʻyicha Belarus Oliy ligasining 20-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda hamyurtlarimiz Bobur Abduxoliqov va Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Energetik-BGU” jamoasi “Isloch” mehmoni boʻldi.

Qizgʻin kurashlar ostida kechgan bahsda mehmonlar 2:3 hisobida gʻolib chiqishdi. Bobur Abduxoliqovning 64 va 89-daqiqalarda kiritgan gollari mehmonlarga muhim gʻalabani keltirdi.

Aytish joizki, ayni paytda “Energetik-BGU” 38 ochko bilan chempionatda ikkinchi oʻrinda bormoqda. Peshqadam “Shaxtyor” hisobida 39 ochko bor.

Soʻnggi turdagi gollaridan soʻng Abduxoliqov toʻpurarlar poygasida ancha oldinlab ketdi. U raqiblari darvozasini 19-marta aniq nishonga olgan. Boburni taʼqib qilayotgan Xvashinskiy hisobida 11ta gol bor.