Namoyishda adabiyotshunos olimlar, kinomutaxassislarning taklif va muloxazalari tinglanib, hujjatli filmni ikki qismli qilib ishlash taklifi bildirildi.
– Hujjatli film mutaxassislar tomonidan iliq kutib olindi. Muhokamada 30 daqiqa film uchun kamlik qilishi, 30 daqiqadan ikki qismli qilib ishlanishi kerakligi aytib oʻtildi. Haqiqatan, buyuk ajdodimiz Boburning hayoti va ijodi 30 daqiqalik filmga sigʻishi qiyin, bizda yana tasvirlar, zaxira videomateriallar mavjud, qolaversa, yana suratga olish ishlari boshlanishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, filmda yoʻl qoʻyilgan baʼzi kamchilik va xatolar ham toʻgʻrilanadi” - deya taʼkidladi film rejissyori Bobur Sher oʻgʻli.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati