Unda filmni suratga olish boʻyicha barcha tashkiliy masalalar haqida kelishib olindi.
Xususan, film orqali Zahiriddin Muhammad Bobur haqida dunyo hamjamiyatiga toʻgʻri va ishonchli maʼlumotlar berish, ssenariy yozish jarayonlarida hamkorlikda ishlash muhimligi ham alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ishchi guruhning shu kabi yigʻilishlarini anʼanaga aylantirish, tomonlar oʻrtasida muntazam aloqani yoʻlga qoʻyish, filmni suratga olish bilan bogʻliq tashkiliy va moliyaviy masalalarni tez muddatlarda hal etishga kelishib olindi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.