Yigʻilishda har yili bogʻcha tarbiyachilarining oʻrtacha bor-yoʻgʻi 9 foizi malaka oshirayotganiga eʼtiroz bildirildi.

Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bogʻchada davlat taʼlim standartidagi oʻquv-metodik materiallar yetarli emas.

Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻcha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bogʻchalarda ovqat, davomat, badal puli kabi barcha jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish; 250 ta davlat bogʻchasida taʼlim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bogʻchalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.