Har bir fuqaro obodonchilik ishlarini oʻz xonadonidan boshlagani uchun ham bugun “Bogʻishamol" mahallasi obod maskanga aylanib bormoqda. Aytish joizki, “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
Dastur doirasida ichki xoʻjalik yoʻllari taʼmirlanib, simyogʻochlar yangi beton ustunlarga almashtirilmoqda. Elektr transformatorlar yangilanib, gaz va ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanmoqda.