Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Dout-ota» chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilmagan, avtotransport vositasi yukxonasidagi yuklar orasiga xufiyona tarzda yashirib qoʻyilgan umumiy qiymati 228 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari, parfyumeriya mahsulotlari va xoʻjalik tovarlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, “Neksiya-2” rusumli yengil avtotransport vositasi toʻxtatilib, avtomashina saloni va yukxonasi oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 30,4 million soʻmlik 1902 dona simobli termometr tovarlari borligi maʼlum boʻldi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Arqbuloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan “Mersedes Benz” rusumli yuk avtotransport vositasiga yuklangan xoʻjalik mollari va oziq ovqat mahsulotlari bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, transport vositasida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 1 milliard 15 million soʻmlik 8 101 qutida 18 turdagi dori vositalari, 2 175 dona kiyim-kechaklar, 11 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari va salkam 1 tonnaga yaqin polietilen qoplar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilyapti, deb xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.