Amaldagi tartibga koʻra, bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin ham bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-sonli qaroriga asosan imtiyoz asosida “erkin muomala chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan “KIA BONGO” rusumli yuk tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Mazkur transport vositasi unga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari asosida solishtirilganda, hujjatlarda transport vositasi “dizel yoqilgʻisida harakatlanadi” deya koʻrsatilganligi, amalda esa propan gaz yonilgʻisida harakatlanib kelayotganligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, uddaburon transport vositasini 251,7 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlaridan qochish maqsadida ushbu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyganligi aniqlandi.