Bojxonachilar qariyb 1,7 kg. giyohvandlik vositalarini ichki aʼzolariga yashirgan shaxslarni qoʻlga olishdi

    Xavfsizlik 27 Fevral 2021 639

    Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Ayritom” chegara-bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan 3 nafar shaxsni oʻrnatilgan tartibda “Bodi skaner” qurilmasi yordamida tekshiruvdan oʻtkazishdi.

    Natijada, ushbu shaxslar jami 1672,22 gramm giyohvandlik vositalarini yutib, ichki aʼzolariga yashirgan holda yurtimizga olib kirishga boʻlgan urinishlari fosh etildi.

    Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.