Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Oltiariq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.J.ning qoʻl sumkasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, uning qoʻl sumkasi ichida 5 dona oʻramda “gashish” giyohvandlik vositasiga oʻxshash moddalar borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, ogʻirligi 4 kg 981 grammni tashkil qiluvchi mazkur moddalar “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.