Toshkent viloyat perinatal markazida tug'ilgan chaqaloqlar ayni kunda tajribali mutaxassislar nazoratida bo'lib, onaning sog'ligi ham qoniqarli holatda.

Dunyoga kelgan farzandlarga Fotima, Hasan va Husan deb ism qo'yishdi. Bu baxtli oilada egizaklarning dunyoga kelishi bilan farzandlari 5 nafar bo'ldi. Ularning ikki nafar qiz farzandlari bor edi.

1 aprel kuni Bo'ka tuman fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo'limi tomonidan chaqaloqlarning tug'ilganligi qayd etilib, tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar egizaklarning otasi Mirjalol Elmonovga topshirildi.