“Toshkent metropoliteni” UK matbuot xizmatining xabar qilishicha, tergov jarayonida oʻzini blogger deb bilgan tartibbuzarlar Yunusobod tumanidagi 105-maktabning voyaga etmagan, 2005-yilda tugʻilgan A.A. va T.U. oʻquvchilari ekani hamda ular ushbu harakatni Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish va obunachilar sonini koʻpaytirish maqsadida amalga oshirgani aniqlandi.
Oʻsmirlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, Poytaxt metropoliteni maʼmuriyati, shuningdek, 105-maktab maʼmuriyati va oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida tushuntirish suhbati oʻtkazildi. Mazkur holat boʻyicha ish qoʻshimcha koʻrib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga etmaganlar bilan ishlaydigan boʻlimiga oʻtkazildi.
Qayd etish lozim, ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy kodeksining 115-moddasiga binoan chora koʻriladi.
Bundan tashqari, oʻsmirlar Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan maska rejimiga rioya qilmay belgilangan qoidalarni buzganli uchun ham javobga tortiladi.
Metropoliten rahbariyati yoʻlovchilarni ogohlikka chaqirib, metro xizmatlaridan foydalanish qoidalariga qattiy rioya qilishingizni, shu bilan birga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va oʻz sogʻligʻingizga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraydi!