Bolajonlar uchun yangi sarguzasht film tasvirga olindi

    Uyda yolg'iz qolishdan kattalar ham cho'chiydi ba'zan. Ayniqsa, tunda. Olis tog' bag'rida qolgan bu bolakaylar g'aroyib dushman qarshisida!

    “Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O'zbektelefilm” DUK tomonidan bolajonlar uchun yangi sarguzasht film tasvirga olindi!

    "Tunda yolg'iz" nomli mazkur film rejissyori: Islom Risqulov, stsenariy muallifi: Temurpo'lat Tillayev, operator: Avaz Iskandarov.

    Fil`mda bosh rollarni Diyorbek Sultonmurodov, Muhammadamin Ma'murjonov, Nigina Anorboyeva, Samiddin Lutfullayev, Umarjon Jumayev, Diyor Qurbonov hamda Tursunxo'ja Boboxo'jayev ijro etgan.

    Qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy "Tunda yolg'iz" filmi premerasi tez kunda "Bolajon" telekanalida namoyish etiladi.

    Nosir Boymirzaev