Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, pedagogika kolleji oʻquvchisi R.M. amaliyotini oʻtash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2023-yil 11-may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.
2023-yil 26-may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olganligini aniqlandi. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ota-onalardan farzandi taʼlim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlarga duch kelsa Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishonch telefoni — 71-2370893 raqamiga qoʻngʻiroq qilishi soʻraldi.