Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilgan.
Qayd etilishicha, holat ancha avval — joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir boʻlgan boʻlib, oʻquvchi J.M. (2007-yilda tugʻilgan) ushbu fanga tayyorgarlik koʻrmagani va oʻqituvchi M.A. (1997-yilda tugʻilgan) bir necha bor ogohlantirsada, bola tartibga kelmagani uchun oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, oʻqituvchi oʻquvchining yuz qismiga qoʻli bilan qattiq urganligi aniqlangan.
Hozirda holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.