Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Murojaatida qayd etilishicha, 2015-yildan voyaga yetmagan farzandi uchun sobiq turmush oʻrtogʻi T.P. aliment toʻlashi lozimligini, lekin sud hujjatlarini ijro etish organi aliment undirish choralarini koʻrmayotganligini, natijada voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminotsiz qolib ketayotganligini bildirib, 2022-yildan hozirga qadar hisoblangan aliment qarzdorligini undirishda koʻmak soʻragan.
Bolalar ombudsmanining soʻrovi asosida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mazkur holatni oʻrgandi.
Natijada, qarzdor T.P. ning 2022-yildan joriy yilning 1-sentyabrgacha bola parvarishi uchun toʻlanadigan alimentdan mavjud boʻlgan qarzdorlik summasi S.G. foydasiga toʻliq undirildi.