Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov ishtirok etgan tadbirda deputatlar, Inson xuquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari xodimlari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Hisobot davrida Ombudsman nomiga Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlat fuqarolari, ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslardan 18 ming 738 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 39,6 foizi – fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 29,9 foizi – ijtimoiy, 24,3 foizi – iqtisodiy, 5,6 foizi – siyosiy, 0,6 foizi – ekologik huquqlarga tegishlidir.

Shuningdek, Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 39 ta qonun loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining 141 ta moddasiga taklif va mulohazalar bildirilgan.

Vakil tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi hamda inson huquqlarining taʼminlanganligi boʻyicha bir qator monitoring tadbirlari oʻtkazilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining BMT organlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Milliy huquqni himoya qilish muassasalarining Global alyansi, USAID, Xalqaro qamoqxonalar islohotining Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi faol rivojlanmoqda.

Oydin IBROHIMOVA,

Inson huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati bosh mutaxassisi