Unga koʻra, 2025–2030-yillarda Oʻzbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi.

Jumladan:

  • bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
  • onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1-yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5-yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
  • saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.

2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqilgan.

Farmon bilan 2025–2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.