Maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning sentyabr oyida Turkiya sudi tomonidan X.Y. nabirasini qaramogʻiga olish hamda Oʻzbekistonga olib ketish huquqini beruvchi qaror chiqarilgan.
Biroq, qaror kuchga kirgunga qadar A.Y. Bolalar uyidan qochgani sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, Bolalar uyi maʼmuriyatining taqdimnomasiga koʻra Adliya organi tomonidan buvisi Y.X.ga nisbatan “nabirasini qochishini tashkillashtirganligi“ yuzasidan ayb eʼlon qilingan.
Bosh konsulxona, Tashqi migratsiya agentligi vakillari, “Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyati“ hamkorligida yuqoridagi ayblovlarni rad etish hamda Y.A.ni Oʻzbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilib, shu yilning 12-yanvar kuni Y.A. buvisi hamrohligida Oʻzbekistonga qaytarildi.