Mazkur protokollar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan, zarur boʻlganda, sogʻliqni saqlashning boshqa yoʻnalishi mutaxassislarini jalb etgan holda ishlab chiqilgan.
Yangi MKP — bu ayollarning homiladorlik paytida ular salomatligida paydo boʻladigan anomal matkadan qon ketish, tugʻish induksiyasi (stimulyatsiya) zarurati, matkadan tashqarida homila paydo boʻlish, homiladorlik vaqtida yurak-qon tomir kasalligiga duchor boʻlish (tashxislash, davolash) kabi va boshqa turli muammolar paydo boʻlganida shifokorning aniq harakat rejasi boʻlib xizmat qiladi.
Protokollarni joriy etishning eng muhim vazifasi — bu turli bosqichdagi barcha davolash-profilaktik muassasalarida bemorlarni zamonaviy ilmiy isbotlar asosida adekvat davolashni taʼminlashdir.
Har bir MKPda muammolar (etimologiya)ning kelib chiqishini, uning ogʻirligini (patogenez)kasallik kechishining klinik kartinasini, uni aniqlash (tashxislash)ning algoritmini, shuningdek, tekshiruv olib borishni, bemor sogʻligi va uning kasallanishining boshlanishi haqida maʼlumotlar toʻplamini batafsil tasvirlash aks etgan.
Prtokollarga aniq amal qilish samarasiz davolash usullarini qoʻllashni va xavfli dori vositalaridan foydalanishni kamaytirishga xizmat qiladi.
Har bir protokol, shuningdek, davolash algoritmi jadvalini oʻz ichiga oladi. Bu yerda eng muhim holat sifatida eng zarur dorilarni ham minimal sonini buyurish sanaladi. Yana bir muhim jihati — faqat notijoriy dori vositalaridan foydalanishdir.
Shuni ham taʼkidlaymizki, MKPning tarkibiga yana “Tibbiy yordam sifatining baholash mezonlari” ham kiradi. Bu shifokor mavjud protokol qoidasiga qanchalik darajada amal qilishini tahlil ham qila oladi.
MKP har bir oʻzbekistonlikning sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini tenglashtirishga chaqirilgan. Muhimi —mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari, oʻz bilim va tajribalarini orttirib, ularga rioya etishlari kerak. Bu Protokollar algoritmiga rioya etishda muhim.
Bejizga har bir Protokol har 3—4 yilda albatta yangilanmaydi. Chunki inson salomatligi haqida qaygʻurish bir joyda turib qolishi mumkin emas va zamonaviy tibbiyot gurkirab rivojlanib boryapti. Demak MKPga rioya etgan holda shifokorlar ham rivojlanadi. Shuni taʼkidlash joizki, Klinik protokollar Oʻzbekiston Respublikasida Milliy sanaladi, hamda barcha darajadagi va mulkchilik shaklidagi, jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ham qoʻllaniladi.
MKPning barcha qoidalari isbotlangan tibbiyotga asoslangan, yaʼni dunyoning koʻpgina mamlakatlari shifokorlarining tibbiyot ilmiy nashrlarida, JSST hujjatlarida, dunyoning turli mamlakatlari — Kanadadan AQSHgacha, Yevropa mamlakatlaridan MDH mamlakatlarigacha, xususan, Rossiya, Osiyo davlatlari Akusherlar va ginekologlar profil uyushmalarida qayd etilgan maʼlumotlari va tajribalariga tayangan. Tasdiqlangan protokollar shuningdek, tibbiyot fanlari doktorlari JSST (Gruziya) eksperti Tinatin Gagua va protokollar ishlab chiqish metodologiyasi boʻyicha YUNFPA maslahatchisi (Rumыniya) Mixay Xorg ishtirokidagi tashqi ekspertizadan ham oʻtgan.
Shuni qoʻshimcha qilamizki, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida profilli Milliy klinik protokollar ishlab chiqilishi ustida ish olib borish 2020-yildan boshlangan. Shu vaqtdan beri 20ta protokol ishlab chiqilgan. Endi mamlakat akusherlari va ginekologlari amaliy faoliyat uchun yana 7ta qoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ulardan birinchi 5ta MKP — ginekologiya sohasiga oid.
MKP, hujjatlarda koʻrsatilishicha, asosiy va eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha tuziladi, va ular isbotlangan tibbiyotga asoslangan boʻlib, xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.