Kaltsiy etishmasligi suyaklar mo'rtlashishiga olib keladi. Uyqusizlik, ko'p terlash, yurak urishining buzilishi, tirnoqlar mo'rtligi, oyoq-qo'llar uvishishi, tez-tez va kuchli bosh aylanishi, soch to'kilishi, mushak va bo'g'imlarda og'riqlar, bolalarda bo'y o'sishining sekinlashuvi, tajanglik, tirnoqlar, tishlar va sochlar zaifligi ham kaltsiy yetishmovchiligi alomati bo'lishi mumkin.
Kunlik taomnomada sut mahsulotlari (tvorog, yogurt, kefir, pishloq, qatiq, suzma) bo'lishi maqsadga muvofiq. Dengiz mahsulotlari, karam, salat bargi, selderey, petrushka, kunjut urug'i, yong'oqlar tarkibida ham kaltsiy ko'p.
Organizm ushbu elementni o'zlashtirishida D vitaminining o'rni beqiyos. Uning eng ko'p manbai esa quyosh nurlarida. Ayni sababdan quyosh chiqqandan boshlab soat 11:00 gacha va 17:00 dan keyin ochiq havoda sayr etish tavsiya etiladi