Mutaxassislarning kuzatuvlariga ko'ra, charchoq kasallikning o'ziga xos xususiyati bo'lib, infeksiyaga chalingan bolalarning yarmidan ko'pida uchraydi. Bundan tashqari, shifokorlar ota-onalarni koronavirusning mutasiyalangan versiyasi tashxisi qo'yilgan kichik bemorlar bosh og'rig'i va qorin og'rig'idan shikoyat qilishlari to'g'risida ogohlantirmoqda.
Ishtahaning yo'qolishi, 37 darajadan yuqori isitma yoki tomoq og'rig'i ham bola tanasida infeksiya borligini ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, asabiylik va ko'p yig'lash chaqaloqlarda kasallik mavjudligini bildiradi.