Kuni kecha Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan har yilgi anʼanaga koʻra, Guliston shahrining “Ulugʻ yoʻl” maxallasida joylashgan bolalar uyida tarbiyalanuvchi bolalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu bois bolajonlarimizga unutilmas lahzalarni tortiq etish maqsadida, bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi. Shu bilan birga ertak kitoblar sovgʻa qilindi.

-Gap moddiyatda emas, - deydi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Akmaljon Mirzakarimov. – Ota-ona, oila muxitidan uzoq, ammo oʻrnini hech narsa bosa olmaydigan mehrga chanqoq qalblarga ozroq boʻlsada taskin, quvonch baxsh eta olish katta baxt.