Bolalarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga investitsiya jalb etiladi

    Xalqaro hamkorlik 18 May 2022 998

    AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashdi.

    Muhokamaning asosiy mavzusi Oʻzbekistonda hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlanishi” loyihasi boʻldi.

    Eslatib oʻtamiz, loyihada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini va kanalizatsiya quvurlarini taʼmirlash, jihozlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash orqali tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

    Ushbu dastur AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti tomonidan moliyalashtiriladi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.