Xususan, hozirda bolalar nafaqasi oluvchilar 2 mln. 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo'lgan 5 mln. 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi).
Har bir oila uchun o'rtacha yillik hisobda to'lovlar miqdori 5 mln. 550 ming so'm (491 dollar), har bir bola uchun esa 2 mln. 414 ming so'm (214 dollar) ni tashkil etadi. Nafaqa oladigan oilalardagi bolalarning o'rtacha soni 2-3 bola.
Shuningdek, 2021-yil sentyabr oyidan boshlab, bolali oilalar uchun nafaqa miqdori bolalar soniga qarab oshirildi:
1 bolali oilalarga 144 ming so'mdan 250 ming so'mgacha (3 yoshgacha — 325 ming so'm)