Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning matbuot xizmati xabar berdi.
Yanvar oyida Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2-yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotgani bayon etilgan murojaat va bu holatga oid video materiallar kelib tushgandi. S.N.ga nisbatan JKning 110-moddasi, “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N. ning harakatlarida JKning 104-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli qoʻshimcha ayb eʼlon qilindi.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.