Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Bolgariya turizm vaziri Zarisa Dinkova bilan uchrashdi.

“Uzbektourism.uz” portali maʼlumotiga koʻra, uchrashuv davomida bolgariyalik mehmon Oʻzbekistonda turizm sohasi uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, turizm sektorini rivojlantirish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Vazir Zarisa Dinkyova hozirda Bolgariya turizmini rivojlantirishga katta eʼtibor qarayotganini va bu yoʻnalishda Oʻzbekiston bilan hamkorlik ular muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar oʻzaro turizm koʻrgazmalarda ishtirokini kengaytirish, turizm biznes vakillari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatishda koʻmaklashish va hamkorlikda targʻibot ishlarini oʻtkazishda kelishib oldilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.