Bortida 700 yoʻlovchi boʻlgan kema halokatga uchradi: 60 kishi halok boʻlgan, koʻplari bedarak yoʻqolgan

    Koʻl va daryolarda bu kabi tahlikali hodisalar, ayniqsa, mavsumiy yogʻingarchilik kuchli boʻlgan davrda, eʼtiborsizlik tufayli kemalarga oʻz imkoniyatidan ortiqcha yuk olish ortidan kelib chiqmoqda.

    Kongo Demokratik Respublikasining gʻarbiy qismida joylashgan May-Ndombe koʻlida kema choʻkishi natijasida 60 kishi qurbon boʻldi. Yuzlab yoʻlovchilarni qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Mamlakat gumanitar operatsiyalar va milliy birdamlik vaziri Stiv Mbikayi Mabuluki oʻzining tvitter sahifasida 700dan ortiq yoʻlovchidan iborat, ortiqcha yukga ega boʻlgan kema May-Ndombe koʻlida choʻkib ketganini ochiqladi.

    Vazir baxtsiz hodisa uchun javobgar har bir kishi qonun olida qatʼiy javob berishini aytib, 60 kishining jonsiz tanasi topilganini, 300 kishining qutqarilganini, yana yuzlab kishilarni qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini bildirdi.

    Koʻl va daryolarda bu kabi tahlikali hodisalar, ayniqsa, mavsumiy yogʻingarchilik kuchli boʻlgan davrda, eʼtiborsizlik tufayli kemalarga oʻz imkoniyatidan ortiqcha yuk olish ortidan kelib chiqmoqda.

    Mamlakatda yetarlicha asfalt yoʻllar yoʻqligi uchun odamlar transport uchun odatda daryo va koʻllardan foydalanadilar.