Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti direktori Oleg Orlovning ta'kidlashicha, hozir yaratilayotgan ilmiy jihozlar 2-sonli “Bion-M” parvozi natijalariga ko'ra takomillashtirilgan.
“Bion” biologik tadqiqotlar olib borishga mo'ljallangan Rossiya kosmik kemalari seriyasidir. Xususan, olimlarni radiatsiya va vaznsizlikning tirik organizmlarga ta'siri qiziqtiradi.
Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot ob'ekti hisoblanadi. SHuningdek, orbitaga chivinlar, o'simliklar va mikroorganizmlarni yuborish rejalashtirilmoqda.
2013-yilda bortida turli hayvonlar, o'simliklar va mikroorganizmlar bo'lgan ushbu turkumdagi birinchi sun'iy yo'ldosh uchirilgan edi.
Samara universiteti olimlari erdagi kataklizm holatida noyob o'simliklar urug'ini koinotga yuborishni taklif qilishdi. Bu “ajdodlari” 2013 yilda koinotga chiqarilgan o'simliklardir.