Bortida Hindiston Prezidenti bo'lgan vertolyot nam betonga botib qoldi

    Hindistonning Kerala shtatida bortida mamlakat Prezidenti Draupadi Murmu bo'lgan vertolyot qo'nish chog'ida nam betonga botib qoldi, deb xabar berdi Hindu nashri.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, vertolyotning qo'nish moslamasi Prezident tashrifidan biroz oldin quyilgan betonga botib qolgan. Draupadi Murmuning o'zi hech qanday jarohat olmadi va belgilangan manzilga avtomobilda etib bordi.

    Vertolyotning qoplamaga yopishib qolgan shassisini ajratib olish uchun voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelishdi. Hodisa holatlarini davlat organlari o'rganmoqda, deb xabar berdi tengrinews.kz.