Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Prezidentning tegishli farmonlari va topshiriqlari hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ahvoli atmosferaga chiqarilayotgan zararli tashlanmalar miqdorini kamaytirish va atmosfera havosining holatini yaxshilashga asosiy eʼtiborni qaratgan holda joriy yilning sentyabr oyidan boshlab respublika boʻyicha rejaviy tekshirish tadbirlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻydi.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tekshirishlar Ekologiya, Sogʻliqni saqlash, Transport, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda bevosita Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 22-oktyabr kunidan boshlab amalga oshirila boshlandi.
Bosh prokuratura tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari alohida nazoratga olinishi hamda ular boʻyicha keskin va murosasiz choralar koʻrib borilishi qatʼiy taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.