Oqibatda baʼzi bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olishga majbur.

“Mana – farmatsevtikadagi oʻyinlar! Bu faqat onkologiyada. Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli”, — dedi davlatimiz rahbari.

Bosh prokuraturaga onkologik preparat ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, dorixonalar, qoʻlda sotuvchilarni, umuman barcha ishtirokchilarni tartibga keltirish, joylarga yetib bormagan 17 turdagi preparat boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, jazo muqarrarligini taʼminlash topshirildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi oldiga oylab omborlarda turgan, ruxsati haligacha chiqmagan dorilarni xatlov qilib, bu masalada tartib oʻrnatish, davlat xaridlari orqali olingan dorilarni “buyurtmachi – xaridor – yetkazib beruvchi – bemor” zanjiri asosida shaffof marshrut tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi.