Jamshid Qoʻchqorovning maʼlum qilishicha, qonun loyihasida sogʻlom turmush tarzi va tabiatni asrashni ragʻbatlantirish doirasida bir qator takliflar kiritilmoqda.
“Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va soha mutaxassislari tarkibida shakar va shirinlashtiruvchi moddalar qoʻshilgan gazlangan alkogolsiz ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish ortiqcha vazn paydo boʻlishi, qandli diabet va karyes kasalliklarini koʻpayishiga sabab boʻlishini taʼkidlab kelmoqda.
Shunga koʻra, 2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 soʻm miqdorida aksiz soligʻi solish taklif qilinmoqda. Ushbu aksiz soligʻidan tushgan mablagʻlar toʻliqligicha Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”, — dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Majlisda 2024-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil shinalarining 1 donasi vaznidan kelib chiqib, BHMning 0,3 foiz miqdorida utilizatsiya yigʻimini joriy etish taklif qilindi.
Jumladan, yengil avtomobilning bitta shinasiga 6 ming soʻmdan 16 ming soʻmgacha, yuk avtomobili shinasiga 11 ming soʻmdan 58 soʻmgacha soliq solinishi rejalashtirilgan.