баннер
22 Apr 2025
19:38

    Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimi takomillashtiriladi

    Vazirlar Mahkamasining qarori (130-son, 28.02.2025-y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Qarorga koʻra, 2025-yil 1-sentyabrgacha:

    Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi:

    • oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani (lavozimni) 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan;
    • pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan;
    • yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan;
    • pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan pensiya yoshiga toʻlgan pedagoglar;

    Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

    • pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
    • yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
    • oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani (lavozimni) 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

    Shuningdek, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

    • taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish;
    • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar va ilgʻor xodimlarni ragʻbatlantirish;
    • Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech