Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat 27-may kuni soat taxminan 13:30 larda Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan 4R12 Bektemir—Chorbogʻ avtomobil yoʻlining 62-kilometrida (aholi yashash joyidan tashqari) sodir boʻlgan.
Haydovchi - 2002-yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashovchi A.K. boshqaruvidagi Gentraʻda qisqa tutashuv boʻlgan (avtomobilning yonilgʻi turi benzin).
Shu sababli yongʻin yuzaga kelgan. Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yoʻlovchi avtomobildan tushib qolgan.
Yongʻin natijasida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Avtoulov toʻliq yonib ketgan.