Mazkur murojaat yuzasidan tezkor ishchi guruh tomonidan holat oʻrganildi.
Oʻrganish davomida Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi Sijjak boʻlimi Jarboshi aylanmasida ikki tup diametri 96 sm va 135 sm boʻlgan grek yongʻogʻi daraxti kesilgani aniqlandi.
"Surishtiruv davomida mazkur daraxtlar kim tomonidan kesilganligi aniqlanmadi. Sodir etilgan huquqbuzarlik boʻyicha oʻrganish davomida ushbu aylanmaga oʻrmonni muhofaza qilish, qoʻriqlash, noqonuniy harakatlarni oldini olish, ekilgan koʻchatlarni koʻkartirish hamda asrash uchun oʻrmon noziri M.Ergashev biriktirilgani aniqlandi.
M.Ergashev oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, oʻrmon xoʻjaligi tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida biriktirilgan hudud nazoratini susaytirib yuborgani oqibatida yuqoridagi holat yuz bergani maʼlum boʻldi.
Unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda MJtKning tegishli moddasi bilan 1 500 000 (bir million besh yuz ming) soʻm jarima va oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 88 650 000(sakson sakkiz million olti yuz ellik ming) soʻmni tashkil etdi.
Aniqlangan holat yuzasidan Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan qoʻllanilgan taʼsir choralarini undirish choralari koʻrilayotganini maʼlum qilamiz, — deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati bayonotida.