Bo‘stonliqda loy ko‘chkisi sodir bo‘lgan yo‘lda avtotransport harakati tiklandi

    Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R6 "Toshkent-Qibray-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 59 va 60-kilometrlari oralig‘i, Chimyon dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi. 

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ko‘chki sodir bo‘lgan vaqtda hech qaysi harakat ishtirokchilariga ziyon yetmadi.

    Xozirda avtomobil yo‘li to‘liq tozalanib, avtomobil harakati tiklandi.

    Boshqarma bayonotida mazkur hudud aholisi hamda dam olish maskanlariga boruvchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlari, zarurat bo‘lmasa bunday hududlarga bormasliklari so‘ralgan.