Yongʻin soat 12:30 larda qurshab olingan. Hozirda Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligining 150 nafardan ziyod, FVV hududiy organlarining 150 nafar, Ugom-Chotqol Milliy tabiat bogʻining 20 nafardan ziyod xodimlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan yongʻinni oʻchirish ishlari olib borilmoqda.
Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun oʻrmon xoʻjaligining 5 dona suv tashuvchisi (vodovoz), Avtoyoʻlning 2 dona suv tashuvchisi, FVV hududiy boʻlimining 4 dona yongʻin oʻchirish ekipaji, 2 dona maxsus motopompasi, qurolli kuchlarning 2 dona vertolyoti hamda 14 dona boshqa texnikalari jalb etilgan.
Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishi maʼlum qilinadi.