Boʻstonliqda zamonaviy kinoshahar tashkil etiladi

    Madaniyat 4 Yanvar 2022 1225

    Bu haqda 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasida vazifalar belgilangan.

    Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb etish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida yer maydoni 50 gektardan kam boʻlmagan zamonaviy kinoshahar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    Loyihada 2022-yilning sentyabriga qadar kinoshaharlarni tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb qilgan holda jahon tajribasini oʻrganish va natijalari boʻyicha kinoshahar konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.