Ushbu xalqaro miqyosdagi bilimlar bellashuvida 18 ta davlat oʻquvchilari ishtirok etadi. Ular orasida Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Filippin, Gong-Kong, Tayvan, Makao, Janubiy Koreya, Bolgariya, Braziliya, Myanmar, Qozogʻiston va Oʻzbekiston kabi davlatlardan kelgan oʻquvchilar ham bor.
1-saralash bosqichi 2021-yil 16-yanvarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtdi.
2-FINAL bosqichi 2021y 16-20-iyul kunlari Malayziya Respublikasining Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtish kerak edi. Pandemiya sababli onlayn boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston jamoasi WMI 2021 Final bosqichidan butun dunyo boʻyicha 8 ta: jumladan 2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Boyovut tumani 19-maktabning 3-sinf oʻquvchisi Maʼrufova Munira dunyo boʻyicha eng yuqori natijani qayd etib, oltin medal va Xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.