Anjumanda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarni erkinlashtirish, bozor narxlarini tan olish, don mahsulotlari masalalari koʻrib chiqildi. Masʼul mutaxassislar narxlar erkinlashtirishtirilgani bilan bozor narxi koʻtarilmaydi, deya aytib oʻtishdi.
Shuningdek, Moliya vazirligi departamenti mudiri Toʻlqin Mirzayev quyidagilarni ham taʼkidlab oʻtdi: “Bozorda un narxi koʻtarilishining asosiy sababi respublikamizda yetishtirilayotgan bugʻdoy ehtiyojni qoplamaydi. Natijada chetdan import qilinadi... Hozir Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlar tufayli butun dunyo bozorida bugʻdoy narxi koʻtarilib ketdi. Tabiiyki, bu Oʻzbekistonga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi.
Respublikamizda hususiy sektordagi un ishlab chiqaruvchi korxonalar 3 million tonnna bugʻdoyni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu degani agar toʻliq quvvat bilan ishlansa nafaqat respublikamiz ehtiyojini qondiramiz, balki bir qismini eksport ham qila olamiz”.
Bundan tashqari oziq-ovqat narxlarini erkinlashtirish sababli, faqat Toshkent shahridagina qolipli non narxi koʻtarilishi kutilmoqda. Boshqa hududlarda esa narx koʻtarilmasligi aytildi.
“Bozordagilar oʻpkasini bosib olishini kutyapmiz. Narxlar erkinlashtiriladi, ammo oshmaydi”, deya qatʼi fikr bildirdi Toʻlqin Mirzayev.
Sevara Otabekovna,
OʻzJOKU talabasi