Rossiyaning Braziliyadagi diplomatik vakolatxonasi bayonotiga koʻra, Braziliya shimoli-sharqidagi Baiya shtati koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sinab koʻrish va ishlab chiqarish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Elchixona, shuningdek, Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, test va dori-darmonlarni tarqatish, shuningdek, COVID-19 ga qarshi vaksinani yaratish uchun mamlakatdagi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat tarmoqlari bilan bevosita aloqada ekanligini taʼkidladi.
Seshanba kuni Parana shtati va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi rasmiylari koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzolashga tayyorlanayotgani haqida xabar berildi.
Ilk vaksina 11-avgust kuni roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qilgan edi. Vaksina Sovet Ittifoqida yaratilgan birinchi Yer sunʼiy yoʻldoshi analogi boʻlib, “Sputnik V” nomini oldi.