Britaniya tadqiqotchilari koronavirusning olti turini aniqlashdi

    Salomatlik 20 Iyul 2020 1720

    Londonning Qirollik kolleji olimlari yangi koronavirus — COVID-19ning olti turini aniqladi

    Tadqiqotda aytilganidek, har bir tur oʻziga xos alomatlar, shuningdek, kasallikning ogʻirligi va kasalxonaga yotqizish paytida nafas olishni qoʻllab-quvvatlash zarurati bilan farqlanadi.

    Olimlarning taʼkidlashicha, aniqlangan maʼlumotlar COVID-19ni klinik davolashda muhim ahamiyatga ega va koronavirusning ikkinchi toʻlqini paytida shifokorlarga kim xavfli guruhda ekani, kasalxonaga yotqizilishi shartligini aniqlashga yordam beradi.

    Doimiy yoʻtal, isitma va hidning yoʻqolishi odatda COVID-19 ning uchta asosiy alomati sifatida taʼkidlangan boʻlsa-da, tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, odamlar turli xil alomatlar, jumladan, bosh ogʻrigʻi, mushak ogʻrigʻi, charchoq, diareya, ishtahaning yoʻqolishi, nafas qisilishi va boshqa alomatlarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Maqolada aytilishicha, kasallikning rivojlanishi va natijasi hammada har xil, grippning yengil alomatlari yoki oddiy toshmalar, gohida ogʻir yoki oʻlimga qadar olib boradigan holatda kechadi.

    Muayyan alomatlar birgalikda paydo boʻlishini va bu kasallikning rivojlanishi bilan qanday bogʻliqligini aniqlash uchun tadqiqot guruhi AQSH va Buyuk Britaniyada 1600 kishini kuzatdi. Ular kasallik belgilarini oʻrganish uchun maxsus yaratilgan COVID Symptom Study mobil ilovasi yordamida maʼlumot yigʻishdi.

    Tadqiqot natijasida COVID-19ning 6 turi nomlandi

    * Grippga oʻxshash, isitma yoʻq: bosh ogʻrigʻi, hidning yoʻqolishi, mushaklarning ogʻrigʻi, yoʻtal, tomoq ogʻrigʻi, koʻkrak ogʻrigʻi, titroq yoʻq;
    *Grippga oʻxshash, isitma bilan: bosh ogʻrigʻi, hid yoʻqolishi, yoʻtal, tomoq ogʻrigʻi, xirillash, titroq, ishtahaning yoʻqolishi,


    * Oshqozon-ichak buzilishi: bosh ogʻrigʻi, hid bilish, ishtahaning yoʻqolishi, diareya, tomoq ogʻrigʻi, koʻkrak ogʻrigʻi, yoʻtalning yoʻqligi,

    * Birinchi daraja: charchoq, bosh ogʻrigʻi, hid bilishning yoʻqolishi, yoʻtal, isitma, xirillash, koʻkrak qafasi ogʻrigʻi,

    * Ikkinchi daraja: bosh ogʻrigʻi, hidning yoʻqolishi, ishtahaning yoʻqolishi, yoʻtal, isitma, xirillash, tomoq ogʻrigʻi, koʻkrak ogʻrigʻi, charchoq, hushini yoʻqotish, mushak ogʻrigʻi,

    * Uchinchi daraja, qorin boʻshligʻi va nafas olish: bosh ogʻrigʻi, hidning yoʻqolishi, ishtahaning yoʻqolishi, yoʻtal, isitma, xirillash, tomoq ogʻrigʻi, koʻkrak ogʻrigʻi, charchoq, hushini yoʻqotish, mushak ogʻrigʻi, nafas qisilishi, diareya, qorin ogʻrigʻi.