Minglab arizalar tibbiyot mutaxassislari tomonidan rad etilib, vaksinaning kasalliklar bilan bogʻliqligi haqida yetarli dalillar yoʻqligini taʼkidlagan boʻlsa-da, 175 ta holatda 120 ming funt sterling (taxminan 155 ming dollar) kompensatsiya berildi. Bu barcha berilgan arizalarning 2% dan kamrogʻini tashkil qiladi.
Aytilishicha, arizachilar tromblar hosil boʻlishi, orqa miya yalligʻlanishi, emlangan qoʻl-oyoqlarning haddan tashqari shishi, yuz falaji, shuningdek insult va yurak xuruji kabi oqibatlar uchun toʻlovlar olgan.
Shikoyatlarning qariyb 97 foizi Britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlangan bemorlardan kelib tushgan. Qolgan shikoyatlar Amerikaning Pfizer yoki Moderna kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarga tegishli.
Qayd etilishicha, hukumat ogohlantirishlarga qaramay va hatto 2021-yil mart oyiga qadar Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya va Latviyada AstraZeneca vaksinasidan foydalanish toʻxtatilganidan keyin ham AstraZeneca vaksinasini tavsiya qilishni davom etgan.